Umra safari haqida toʼliq maʼlumot

Umra — islom anʼanasida kichik haj. Umra Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal.
Umrani yil — oʼn ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish.
Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga Umra qilishi mumkin.
Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga Umra qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun "Tanʼim"(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi.

Umra ibodati tartibi qoidalari haqida

Birinchi: Umra qilmoqchi boʼlgan odam miyqotga yetib kelganidan soʼng, gʼusl qilib, tozalanishi mustaxabdir.
Xotin qizlar ham, garchi xayz va nifos qoni koʼrayotgan boʼlsalar-da, gʼusl kilib, tozalanadilar. Biroq, qon toʼxtab, gʼusl qilib poklanmagunlaricha, Kaʼbani tavof qilmaydilar. Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan xolda, badaniga xushboʼy narsalar surishi mumkin. Agar miyqotda gʼusl qilish imkoni boʼlmasa, zarari yoʼqdir. Chunki uning Makkaga etib kelgach, qulaylik boʼlsa, tavof kilishdan avval gʼusl qilishi, mustaxabdir.

Ikkinchi: Erkak kishi tikilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) bogʼlaydi. Erkaklarning ok rangdagi izor va ridoni boshlarini oʼramasdan bogʼlashlari mustaxabdir. Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati boʼlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi – ehrom bogʼlashidir.

Uchunchi: Soʼngra kalbi bilan ibodatga kirishishni niyat kiladi va tili bilan: «labbayka Alloxumma umratan» (Alloxim sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) yoki «Alloxumma labbayka umratan» (Iloxim, sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim), deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qoʼrqsa, ehromga kirish paytida «Agar meni biron toʼsiq toʼssa, oʼsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir», deb shart qiladi. Buning dalili Zuboʼa Zubayr qizining aytgan soʼzlaridir. U: «Yo rasulullox, men xaj qilmoqchiman, biroq, kasalman»- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Xaj qil. Birok, (kasallik) meni qayerda toʼssa, oʼsha er mening ehromdan chiqish yerimdir», deb ayt»- dedilar» (Muttafakun alayx). Exromni kiyganidan soʼng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: «Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-neʼmata laka val-mulk, la sharika lak». U bu talbiya va Alloxning zikrini koʼp aytadi va Alloxga koʼp duo qiladi. Masjidul-Xaromga yetib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda qilganidek, eshikdan oʼng oyogʼi bilan kirib: «Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, aʼuzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Alloxning nomi bilan.. Alloxning rasuliga salavot va salomlar boʼlsin. Men Buyuk Alloxdan, Uning buyuk yuzi va kadimiy sultonligi bilan (Alloxning raxmat dargoxidan) kuvilgan Shaytondan panox soʼrayman. Iloxim, men uchun raxmating darvozalarini och!)- deyishi sunnatdir. Keyin, Kaʼbaga yetib kelguniga kadar talbiya aytish bilan mashgul boʼladi.

Toʼrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʼxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʼng koʼli bilan silaydi yoki imkoni boʼlsa, oʼpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: «Bismillaxi valloxu akbar» (Alloxning ismi bilan va Allox buyukdir) yoki «Alloxu akbar» (Allox buyukdir), deydi. Agar oʼpish imkoni boʼlmasa, qoʼli yoki xassasi va shunga oʼxshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʼpadi. Agar silash imkoni xam boʼlmasa, koʼli bilan ishora kiladi va: «Alloxu akbar» (Allox buyukdir)- deydi. Ishora kilgan narsasini oʼpmaydi. Tavof toʼgri-saxix boʼlishi uchun tavof kilayotgan odamning gusli va taxorati boʼlishi kerak. Chunki tavof xam namoz singari boʼlib, fakat unda gapirishga ruxsat berilgan.

Beshinchi:Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʼlishiga dikkat kilinadi va uni etti marta tavof kilinadi. Agar oʼng taraf – «ruknul-yamoniy»ga etib kelinsa, uni oʼng koʼl bilan silanadi va: «Alloxu akbar» deyiladi. «Ruknul-yamoniy»ni oʼpilmaydi. Agar silash imkoni boʼlmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora xam kilinmaydi va takbir xam aytilmaydi. Xajarul-asvadga etib kelingach, yukorida eslatib oʼtilganidek, uni silanadi, oʼpiladi va takbir aytiladi. Boʼlmasa, unga ishora kilinib, takbir aytiladi. Erkaklargagina «kudum» - kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda «raml» - kichik kadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir.. Bundan tashkari, erkaklarning «kudum» tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining oʼrtasini oʼng elkalarining ostiga va ikki tarafini chap elkalarining ustiga koʼyishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Alloxning zikri va duolarning koʼp aytilishi mustaxabdir. Tavofda oʼkiladigan maxsus duo va maxsus zikr yoʼqdir. Balki, bilgan zikr va duolar oʼkilaveradi. Ikki rukn oʼrtasida: «Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar» (Robbimiz, bizlarga dunyoda xam, oxiratda xam yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan sakla!) duosini xar bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Ettinchi shavtni, yukorida zikr kilinganidek, imkoni boʼlsa Xajarul-asvadni oʼpish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan soʼng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari koʼksida boʼladi.

Oltinchi: Makom(i Ibroxim) orkasida, imkoni boʼlsa, nikki rakaat namoz oʼkiydi. Agar imkoni boʼlmasa, masjidning xar kaysi erida oʼkilsa xam boʼlaveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan soʼngra «Kofiruvn», ikkinchi rakaatida esa «Ixlos» suralarini oʼkiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshqa suralarni oʼkilsa, zarari yoʼk. Ikki rakatni tugatilganidan soʼng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni boʼlsa oʼng qoʼl bilan silanadi.

Yettinchi: Keyin Safo (togʼi) tarafiga borib, uning ustiga chiqiladi yoki turiladi. Chiqish afzaldir.
Birinchi shavtni boshlashdan avval: (إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ) «Innas-Sofa val-Marvata min shaʼoirillax» (Safo va Marva (toglari) Alloxning ibodat qilinadigan yerlaridir) oyatini oxirigacha oʼqiydi. Exromdagi odamning qiblaga yuzlanib turishi,
Alloxga xamdu takbir aytib: (لا إله إلا الله، والله أكبر، لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير. لا إله إلا الله وحده، أنجز وعده، ونصر عبده، وهزم الأحزاب وحده) «La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd, va xuva ala qulli shayʼin qodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza vaʼdax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax» (Alloxdan oʼzga ilox yoʼqdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgʼiz Alloxdan oʼzga ilox yoʼqdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga qodirdir. Yolgiz Alloxdan oʼzga ilox yoʼqdir. U vaʼdasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va oʼzi guruxlarni magʼlub qildi), deb qoʼllarini koʼtarib duo kiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi. Keyin, Marva togʼi tomon yuriladi va birinchi belgiga yetib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda koʼrsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. Soʼngra davom etib, Marva togiga chikiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri oʼtgan oyatni oʼkilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togʼidagina oʼqiladi, xolos. Keyin togʼdan tushib, Safo togiga etib borilguniga qadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. yetti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj boʼlsa, biron narsani minib yursa, zarari yoʼq. Yurish asnosida koʼp zikr va duolar qilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli boʼlish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yoʼq.

Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini qirishlari yoki qiskartishlari zarur. qirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yaqin boʼlsa, sochlarni qiskartish afzaldir. Chunki sochning kolgan qismini xaj mavsumida qirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini toʼplab uning uchidan bir barmoq boʼgimicha yoki undan ozroq qirkishlari etarlidir. Exrom bogʼlagan odam yuqorida zikri oʼtgan amallarni qilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga ehrom boglashi bilan harom boʼlgan barcha narsa xalol boʼladi. Allox taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitqadam boʼlishga muvaffaq qilsin xamda barchadan ibodatlarini qabul etsin. Darxaqiqat, U saxovatli karim zotdir.